Ko’ks oralig’i

Ko’ks oralig’i (Mediastinum) -odam va boshqa sut emizuvchilarda ko’krak bo’shlig’ining o’rta qismi. Oldindan to’sh suyagi, orqadan umurtqa pog’ovasi, ikki yon tomondan o’ng va chap plevra xaltalari, pastdan diafragma bilan chegaralangan. Ko’ks oralig’ini shartli ravishda ikkiga: old va orqa qismlarga bo’linadi. Uning oldingi qismida yurak, kekirdak, ayrisimon bez va boshqalar; orqa qismida esa aorta, qizilungach, katta venalar va hokazolar bor. Ko’ks oralig’i yuqoridan bo’yin qismiga qo’shilgan, pastdan qorin bo’shlig’idan ajralgan. Ko’ks oralig’i kasalliklari uning ma’lum bir qismigagiva xos bo’lib, bu diagnostik ahamiyatga ega. Ko’ks oralig’i a’zolarining ochiq yoki yopiq shikastlanishlari jarroxlik yo’li bilan davolanadi. Bu sohada kista, o’smalar, yallig’lanishlar va boshqalar kuzatiladi.