Ko’ksaqich, ko’ksag’iz

Ko’ksaqich, ko’ksag’iz (Taraxacum koksagyz Rodin) — Qoqio’tdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Yer ostki qismi kam shoxlanadigan o’q ildizdan (2-2,5 metr), yer ustki qismi to’p barglardan iborat. Barglari yaxlit yoki bir oz patsimon o’yiq. To’pguli och sariq, sanatcha. Iyunda gullab, mevalaydi. Sharqiy Tyanshanning 1800-2100 metr balandlikdagi yerdarida katta-katta maydonni egallaydi. Ildizidan olinadigan sut- shirada 10-27% kauchuk, 30— 40% inulin bor. Ko’ksaqich ildizida dastlabki 7 yilda kauchuk ko’p to’planadi.