KO’KYONG’OQ KUMIR KONI
KO’KYONG’OQ KUMIR KONI – Far G’ova tog’tizmasining Jan.-g’arbiy etaqlarida, Qirg’iziston Respublikasi- ning O’sh viloyatida, Jalolobod sh.dan shim.-Sharqda joylashgan kon. O’rta Osi- yodagi yirik-ko’mir konlaridan. Kondan ko’mir 1896 y.dan kustar usulda qazib olina boshlagan. Konning geologik tu- zilishida paleozoy, yura, bo’r, to’rtlamchi davr tog’jinslari ishtirok etgan. Ko’mir qatlamlari yura jinslarida. Qatlamlar umumiy qalinligi 0,8 dan 25 m gacha. Ko’mirning kulliligi 15% dan ortiq. Yonuvchi komponentlar 37% dan ko’p. Oz mikdorda oltingugurt (1,3%) bor. Ko’mirning issiqlik berishi 7600 kkal/ m3. Yarim kokslanuvchan. 1 t ko’mirdan 750-800 kg yarim koks olish mumkin. K.k.k. ko’miri, asosan, yoqilg’i sifatida ishlati-ladi.