Ko`l

Ko`l – quruqlikdagi chuqurliklarni to`ldirgan suv havzasi. Ko`llar hosil bo`lishiga ko`ra tektonik (Issiqko`l, Baykal va b.), vulkan ko`llari (vulkan kraterlarida – og`izlarida), muzlik ko`llari (muzlik o`yib hosil qilgan chuqurliklarda, morenalar to`sib qo`ygan vodiylarda), karst ko`llari, liman ko`llari, o`zan ko`llari, sun’iy ko`llar (suv omborlari) bo`ladi. Suv rejimiga ko`ra oqar va oqmas ko`llar bo`ladi. Suvida erigan tuzlar miqdoriga qarab sho`r (mineralli) va chuchuk suvli ko`llarga bo`linadi. Eng katta ko`llar O`rta Osiyoda – Kaspiy, Orol, Issiqko`l va boshqalar.