Ko’li Malik jangi
Ko’li Malik jangi – Bobur b-n Shayboniylar o’rtasidagi jang (1512 y. 28 apr.). Bobur 1511 y. Hisorni ola- Di, shu yil yozida Buxoroni egallab, okt. boshida Samarqandni qo’lga kiritib, o’z nomiga xutba o’qittiradi. Buxoro hokimi Ubaydulla Sulton (q. Ubaydul-laxon), Samarqand hokimi Suyunchxo’jaxon, Muhammad Temur Sulton, Ko’chkun-chixon va Jonibek sultonpar Turkistonga qochadilar. Biroq, Ubaydulla Sulton qo’ldan ketgan hududlarni yana qayta olish maqsadida 1512 y. 7 apr.da Ahmad Yassaviy maqbarasi yonida yig’in chaqirib, Movarounnahrni qaytib olishga qasamyod qiladi, uni faqat Muhammad Temur Sulton va Jonibek sultonlar qo’llab- quvvatlab, birga yurishga otlanishadi. 1512 y. apr. oxirida Ubaydulla sul- ton 3 ming askar b-n Ettiquduq orqali G’ijduvonga keladi va Buxoroga hujum qiladi. Buxoro dorug’asi Boburga xabar yuboradi. Bobur Samarqanddan 40 ming kishilik qo’shin b-n chiqib, hech qanday xavfni xotiriga keltirmasdan Buxoroga yaqinlashadi. Ubaydulla Sulton shu erda harbiy hiyla ishlatib, go’yo qochgandek bo’lib, Xorazm yo’li tomon chekingan va Buxoro qamalini to’xtatgan edi. Buxoro dorug’asi Boburga «o’zbeklar qochdi» deb xabar qilgandi. Ubaydulla Sulton Buxo- roning Xayrobod tumanidagi ko’li ma- lik qirg’og’ida g’aflatda kelayotgan Bobur lashkarlariga to’satdan hujum qiladi. Qattiq jangdan so’ng Bobur qo’shini tor- mor keltiriladi. Bobur Buxoroga, erta- siga esa Samarqandga chekivadi va vaziyat mushkulligini sezib, bir kundan so’ng oilasini olib Hisor tomonga ketadi. Ubaydulla Sulton Buxoroni egallab, key- in Samarqandga keladi va o’z nomiga Xut- ba o’qittiradi. Tarixchi olim Ro’zbehon Isfahoniy o’zining «suluk ul-muluk» asari mukaddimasida: «odob yuzasidan Ubaydullaxon o’zini xuddi o’ljasini taqsimlab bermoqchi bo’lgan ovchiday tut- Di va katta amakisi Ko’chkunchixonga bosh xonlikni va poytaxti Samarqand taxti- ni berdi, Movarounnahrning boshqa er- darini ham qarindoshlariga bo’lib ber- Di», deb yozadi. Shunday qilib, 1512 y. bahorida O’rta Osiyo Temuriylar qo’l ostidan but- kul chiqib ketgan va yana shayboniylarga tobe etilgan. Ad.: Mirza Muhammad Xaydar,Tarixi Rashidi, T., 1996; Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literature Sredney Azii XVI—XVIII vv., Pismen- Nie pamyatniki, T., 1985. Faxriddin Hasanoe.