KOLIMA

KOLIMA — Meksikaning g’arbiy qismidagi vulkan (Xalisko shtatida), Vulkanli Serra tog’larida, tinch okean qirg’og’idan 80 kilometr uzoqlikda. Ikkita konussimon cho’qqidan iborat: yilning ko’p vaqti qor bilan qoplangan Nevada-de- Kolima sungan vulkani (balandligi 4265 metr) va harakatdagi Kolima yoki Volkan-de-Fuego-de- Kolima vulkani («olovli vulkan») balandligi 3846 metr, Meksika Vezuviya deb ham ataladi. Andezit va dasitladan tuzilgan. Milliy Park tashkil etilgan.