KOLLAGEN KASALLIKLAR

KOLLAGEN KASALLIKLAR, kollagenozlar — biriktiruvchi to’qima (kollagen tolalari) va tomirlarning sistemali zararlanishi b-n kechadigan kasalliklar. Ularga revmatizm, revma- toid poliartrit, sistemali kizil vol- chanka, sklerodermiya, dermatomiozit, tugunchali periarterit kiradi. K.k. kat- talarda ham, bolalarda ham kuzatiladi. Bunda, ko’pincha, isitma, bo’g’im, teri, se- roz parda (bo’g’im oldi xaltasi, plerva, perikard, qorin pardasi), ichki a’zo va Markaziy nerv sistemasining zararla- nishi kuzatiladi; qonda ham sezilarli o’zgarishlar (leykositoz, neytrofilyoz, eritrositlar cho’kish tezligi — ech- Tning oshishi) ro’y beradi; biokimyoviy ko’rsatkichlar (mukoproteidlar, kislota, fibrinogen va b. moddalar) tanachalar- ning shu organizm to’qimalariga agres- SIV ta’siri b-n bog’liq bo’lishi mumkin. Kasallikning boshlanishi o’tkir bo’lib, keyin surunkali kechadi, qayta zo’rayish davri susayish davri b-n almashinib turadi va kasallik kuchayib boradi. K.k.ning zo’rayishiga sovqotish, infek- tsiya manbai borligi (mas, surunkali tonzillit, kasallangan tishlar va h.k.) sabab bo’lishi mumkin. Kasallik oqibati ichki a’zolar (yurak, o’pka, buyraqlar) va Markaziy nerv sistemasining qanchalik zararlanganligiga xam bog’liq. Davos i: dori-darmonlar, davo fizkulturasi, fizioterapiya muolajalari, kasallikka qarab rejim buyuriladi.