KOLLEGIYA

KOLLEGIYA (lotincha collegium — o’rtoqlik, birodarlik), hay’at — 1) rahbarlik qiluvchi, maslahat yoki Farmoyish beruvchi organni tashkil etadigan shaxslar guruhi (masalan, vazirlik Kollegiyasi, sud Kollegiyasi); 2) bir kasb kishilarining ixtiyoriy uyushmasi (masalan, advokatlar Kollegiyasi); 3) 18-asrda Rossiyada oliy hukumat muassasasining nomi; 4) 18-asr — 20-asrning boshida Rossiyada ayrim o’quv yurtlarining nomi (masalan, Xarkov kollegiumi).