Kollektor
Kollektor (meliorasiyada) —Dre- naj tarmog’ining suv yig’uvchi qismidan kelayotgan suvni qabul qilib, meliora- tsiyalanadigan maydondan chiqarib yubo- radigan ochiq kanal yoki drenaj quvuri. K. xo’jalik, xo’jaliklararo va magistral turlariga bo’linadi. Ularning jami kol- lektor-drenaj tarmog’inm hosil qiladi. Odatda, K. pastliklardan, xo’jaliklar va almashlab ekish dalalari chegaralari bo’ylab o’tkaziladi. Tekis maydonlar- da K.lar zovur va uchastkaning optimal uzunligini, q.x. mashinalarining unum- li ishlashini hisobga olgan holda bir- biridan 0,8—1,2 km oraliqda quriladi. Ochiq K.ning ko’ndalang kesimi ko’pincha trapesiya shaklida bo’ladi. K.dagi suv sathi unga kuyiladigan zovur va kol- lektorlar sathidan 0,1 — 0,3 m quyiroq bo’lishi kerak. Agar drenaj suvlarining oqib ketish iloji bo’lmasa, K.ga nasos st-yalari quriladi. K. ko’ndalang kesi- Mining eng ko’p uchraydigan o’lchamlari: xo’jalik K. — chuqurligi 3,0—6,6 m, tubining kengligi 1,0—1,5 m, K.ning daxleiz qirg’oqbo’yi kengligi — 40-80 m; xo’jaliklararo K.larda yuqoridagi ko’rsatkichlar 4,5—8,0 m, 1,0—3,0 va 80-140 m. Magistral K. yana ham kattaroq bo’ladi. K.ning yon bag’ri 1:1,5; 1:2,5; tubining nishabligi 0,003 dan kam bo’lmasligi lozim. Chiqarib yuboriladigan zaxob suv miqdorini hisobga olish uchun xo’jaliklararo va magistral K. lar suv o’lchash postlari b-n jihozlanadi. O’zbekistondagi eng yirik magistral K.lar: Sirdaryo VI-loyatida — Sho’ro’zak, Markaziy Mirzacho’l, Asosiy Qayir; Farg’ona vodiysida — shim. Bag’dod, So’x — Isfara, Achchiqko’l, Yozyovon, Sari Jo’ga; Buxoro viloyatida — shim. Bu- xoro, parallel, Bosh Qorako’l; Xorazm viloyatida Ko’lli, devonko’l va Daryolik (davlatlararo). Ularning o’z. 30-180 km, suv o’tkazish imkoniyati — 10-170 m3/s, suv yig’adigan maydoni 13-225 ming ga. Ochiq K.larni ishlatish davomida o’tkaziladigan ishlar: drenaj oqimini va uning minerallashuvini hisobga olish, loyqa va o’t bosishdan saqlash va b. Ochiq K.lar q.x.ga yaroqli erlarning kattagina qismini egallaydi, er isrof bo’ladi (ularga ajratiladigan may-don sug’oriladigan erlarning 5-10% ini tashkil etadi). Shuning uchun ham yangi erlarni o’zlashtirishda, asosan, yopiq xo’jalik K.lari qurilmoqda (yana q. Go- rizontal drenaj). Masharif Boqiev.