Kolliziya

Kolliziya (lot. collisio — qarama- qarshilik, to’qnashish) — badiiy asarda xarakterlararo hamda xarakterlar b-n sharoit, muhit o’rtasidagi ziddiyat. K. konflikt atamasining sinonimi tarzi- da ham qo’llanadi. K. atamasini birinchi bo’lib Gegel estetika ilmiga olib kir- gan. Uning aytishicha, K. zid-diyatning ijtimoiy-tarixiy jihatdan keng ko’lamligi, yirikligi va konfliktning boshlanish nuqtasini, tugunni anglata- Di. K. harakatga, mavzu rivojiga, xarak- terning kurashga kirishishiga turtki beradi. K. asarning janriga ko’ra tur- licha bo’lishi mumkin. Mas, yirik epic asarlarda K. xarakter faoliyati va mav- zu rivoji uchun turtki bo’lsa, lirikada lirik qahramonning ruhiy olamidagi ziddiyatli kechinmalarni ifodalaydi. Tragediyada K. tragik konfliktni hosil qilsa, hajviy asarlarda komik konflik- tni yuzaga chiqaradi.