KO’LOB
KO’LOB — Tojikiston Respublikasining Janubdagi shahar (1934 yildan). Yaxsuv (Panj havzasi) vodiysida, Dushanbadan 202 kilometr. Hazratishoh tizmasi etagida. Dushanba bilan temir yo’l va avtomobil yo’li orqali bog’langan. Aholisi 79,3 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan zavod, paxta tozalash, moy, sut zavodlari, go’sht va non kombinatlari bor. Qurilish materialla ri ishlab chiqariladi. Pedagogika instituti, teatr, tarix-o’lkashunoslik muzeyi, Mirsaid Hamadoniy maqbarasi (14— 17-asrlar) mavjud.