Kolonat

Kolonat (kechki lotincha colonatus, lotincha colonus-ziroatchi, dehqon so’zidan)-Qadimgi Rimda keng tarqalgan yirik zamindorlar va bevosita ishlab chiqaruvchilar-kolonlar o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlari shakli. Kolonat tizimida mulk partsellalar-kichik yer maydonlariga bo’lingan va zamindorlar tomonidan kolonlarga ijaraga berilgan. Kolonlar borgan sari yerga bog’lanib, qaram dehqonlarga aylanganlar. Quldorlik xo’jaligining inqirozi natijasida yuzaga kelgan.