KOLONLAR
KOLONLAR (lotincha coloni — dehqonlar) — 1) qadimgi Rimda qaram aholi toifasi. Quldorlik xo’jaligi inqiroziga uchragach, yirik yer egalari bilan yersiz va kam yerli dehqonlar o’rtasida ishlab chiqarish munosabatlarining yangicha shakli — kolonat vujudga kelib, Kolonlar mehnatidan keng foydalanila boshlagan. Kolonlar ijaraga yer olib, ijara haqini dastlab pul bilan, so’ngra yetishtirilgan hosilning bir qismi shaklida to’laganlar, shuningdek, ba’zi natural majburiyatlarni o’tashlari lozim bo’lgan; 2) ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada tobe dehqonlarning bir toifasi.