KOLORADO

KOLORADO — shimoliy Amerikaning Kordilera tog’laridagi plato, AQSh ning Janubi-g’arbida. Shimoli-g’arbda katta havza, Sharq va shimoli-sharqdan qoyali tog’lar, Janubdan Meksika yassitog’ligi bilan chegaralangan. Maydoni 300 ming kilometr kvadrat. Balandligi 1800-2500 metr, eng baland joyi — 3861 metr (Xamfris-Pik tog’i). Tokembriy kristall jinslaridan tuzilgan. Ustini Paleozoy — paleogen davrlarining qalin cho’kindi jinslari qoplagan. Shu sababli u yerda uran-vanadiy rudalarining konlari topilgan. Daryolar, jumladan, Kolorado daryosi platoni o’yib chuqur daralar hosil qilgan. Iqlimi subtropik Kontinental, quruq iqlim. Yiliga 200-500 millimetr yog’in yog’adi. Quruq dasht o’simliklari o’sadi, nisbatan nam yerlarda o’rmonlar uchraydi.