Kolrabi, Kolrabi karami

Kolrabi, Kolrabi karami (Brassica gongyloides L.) — ikki yil- lik sabzavot ekini, karamning bir turi. Birinchi yili poyameva beradi; ikkinchi yili esa gul novdalar chiqarib, gul va urug’hosil qiladi. 2 ta kenja turi: Osiyo kenja turi (ssp.asiatica Lizg.) va g’arbiy Evropa kenja turi (ssp.occidentali — europaea Lizg.) bor. Ildiz tizimi kuchli rivojlangan. Poya — meva shakllanishida 7-8 chinbarg chiqaradi. Tubbargi kichki- na. Bargi bandli, uchburchak yoki tuxumsi- mon. Diametri 10-15 sm yo’gonlashgan, shakli sholg’omni eslatadigan poya mevasi b-n qolgan barcha karamlardan ajralib turadi. Rangi och-ko’kimtir, binafsha yoki qizg’ish. Tuproq quruq, namlik kam bo’lsa poyamevasi mayda, dag’al bo’ladi. Ekin juda ertapishar, nihollar paydo bo’lganidan keyin 65-80 kundan so’ng hosil yig’ishtiriladi. Kechpishar navla- rining o’suv davri 120-150 kun. Erta- pishar navlarining hosildorligi 120— 240 ts/ga, kechpisharlariniki 500-600 ts/ga. O’zbekistonda oq Vena 1350 ertagi navi ekiladi. K.ning ekish muddati va parvarishlash texnologiyasi oddiy ka- ramnikiga o’xshash. Ad.: Lebedeva A.T., Ershov I.I., Bu- nin M.S., Vash ogorod. Kolrabi, M., 1994.