Kolumbit

Kolumbit — murakkab oksidlar (tantaloniobitlar guruhi) kichik sin- figa mansub mineral. (Fe, Mn) Nb2O6 (kolumbit) — (Fe, Mn) Ta2O6 (tantalit) izomorf aralashmalar hosil qiladi. RZE, U, Ti, W, Th va b. aralashmalari ham mavjud. Romb singoniyali. Yarim metall- Simon yaltiroq. Qora, qo’ng’ir-qora kristallardan iborat. Qattiqligi 6; zichligi 5,22 g/ sm3. Niobiy olish uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. Sochilmalar va granitlar- ning nurash po’stidan olinadi. Norve- giya, Shvesiya, Frantsiya, Sharqiy Sibir va Qozog’istonda K. konlari bor. Kolumbiya — shim. Amerika- dagi Daryo. Kanada va AQShning g’arbiy qismida. O’z. 2250 km, havzasining mayd. 670 ming km2. Kryali tog’lardan bosh- lanib, tinch okeanga estuariy hosil qilib quyiladi. Irmoqlari: Sneyk, Klark-Fort va b. Kor va mo’zliklardan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi quyilish joyida 8470 m3/sek. O’rta va quyi oqimida yirik to’g’onlar, suv omborlari, GESlar qurilgan. Quyilish joyidan 450 km masofada kema katnaydi. Sugorish va suv ta’minotida, yog’och oqizishda foyda- laniladi. Yuqori qismi (Kanada hududi) da milliy parklar tashkil etilgan, tu- rizm rivojlangan. Yirik porti — Port- Lend. Daryo unga dastlab 1792 y.da kirib borgan Amerika kemasi «Kolumbiya» nomi b-n atalgan.