Kom

Kom – Zarafshon vodiysida katta ariq shunday deb atalgan. Kom jo`ydan ko`ra kattaroq bo`lgan. Bu so`z hozir asosan joy nomlari tarkibida qolgan: Komi Zar (Buxoroga suv bergan Shoxrud kanalining ikki tarmog`idan biri), Shopurkom, Komi Abu Muslim, Konimex (to`g`risi Komi Mug` – «otashparastlar arig`i») va b.