KOMBINASION LAYOQAT

KOMBINASION LAYOQAT – o’simlik liniyalari yoki navlarining du- ragay kombinasiyalarda o’zaro birikib, u yoki bu belgi va xususiyatlar turlicha ifo- dalangan avlod (G’,) berish qobiliyati. K.l.ni aniqlash — ko’pgina q.x. o’simliklarida geterozisam amalga oshi- rishga karatilgan selektsiyaning muhim bosqichidir. Umumiy va xususiy K.l. farklanadi. Umumiy K.l. o’rganilayotgan navning barcha duragaylaridagi getero- zisning o’rtacha kattaligi b-n o’lchanadi va genlarning additiv (jamlangan) ta’- siri tufayli yuzaga chiqadi. Xususiy K.l. kutilgan o’rtacha samaradan chetlangan ba’zi kombinasiyalar b-n o’lchanib, gen- larning noadditiv o’zaro ta’sirlari tu- fayli vujudga keladi (q. Dominantlik, Epistaz).