Komi, Komi Respublikasi
Komi, Komi Respublikasi — Ros- siya Federasiyasi tarkibidagi Respu- blika. Rossiyaning Evropa qismi shim.- sharqida joylashgan. Mayd. 415,9 ming km2. Aholisi 1135,5 ming kishi (2000). K.da 12 tuman, 8 shahar, 40 sha-harcha bor. Poytaxti — Sektivkar sh. Davlat tuzumi. K. — respublika. Davlat boshlig’i — Respublika boshlig’i hukumatga boshchilik qiladi. Qonun chiqaruvchi organ — Davlat kengashi (par- lament). Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. K. hududi Jan.-sharkdan shim.-g’arbga ko’tarilib boradi. Sharqida Shim., Qutbiy, qutb oldi va Ural tog’lari bor. K.ning Sharqiy chegarasi shu tog’larning suvayirg’ichi bo’ylab o’tadi. K.ning va Uralning eng baland cho’qqisi — Naroda tog’i (1895 m). Timan qator tepalari b-n Ural tog’i orasida Pechora pasttekisligi joylashgan. K.da toshko’mir, neft, tabiiy gaz, asfaltit, titan rudasi, boksit, tosh to’z, kaliy tuzi, gips, ohaktosh, qurilish materiallari ko’p. Ayniqsa, yoqilg’i- energetika resurslarining ahamiyati katta. Iqlimi respublikaning ko’p qismida mo»tadil kontinental; qishi uzoq, sovuq; yozi qisqa, iliq. Sovuq Jan.-g’arbdan shim.-sharqqa tomon kuchayib boradi, yanv. ning o’rtacha t-rasi — 17° dan -20° gacha, iyulniki 1 g dan 15°gacha. Respublika hududining 13% (shim., shim.-sharqi) ko’p yillar davomida muzlab yotadi. Respublikaning ko’p qismida yillik yog’in 600-700 mm, Ural tog’larida 1500 mm gacha. Yirik daryolari: Pechora, Vicheg- da, Mezen. Pechoraning 1500 km qismida kema qatnaydi. Vichegda (Shim. Dvina irmog’i) — K.ning muhim suv yo’li. Yirik ko’llari — Yamozero va Sindor. Tuprog’i podzol, shim. qismida esa tundra toi- Fali. Hududining 12— 15% botqoqlik, 2% cho’kindi tuproqli, ko’p qismi tay- ga. 28,7 mln. gektar o’rmon bor, asosan, qoraqarag’ay, qarag’ay, kedr, oqqarag’ay, tilog’och va b. o’sadi. Qimmatbaho mo’ynali hayvonlardan qutb tulkisi, suvsar, tiy- in, tulki, quyon; qushlardan qur, karqur, o’rdak, bulduruq va qutb kaqligi ovlana- Di. Losos zot baliqlar (syomga va b.) ko’p. Yuqori Pechora havzasida Pechora-Ilich qo’riqxonasi va «Yugid va» milliy bog’i bor. Aholisi. Tub aholisi — komilar, shuningdek, ruslar, ukrainlar, Belorus- lar, tatarlar va b. yashaydi. Aholining 75% shaharlarda istiqomat qiladi. Ras- miy tili — komi va rus tillari. Din- dorlar, asosan, xristianlar. Yirik shaharlari: Sektivkar, Vorkuta, uxta, Inta, Pechora, Sosnogorsk. Tarixi. K. hududida aholi yuqori paleolit davridan yashab kelgan va aso- san, ovchilik b-n shug’ullangan. Mezolit va neolit davrlarida Vichegda va pecho- ra havzasiga Jan.dan kelgan qabi-lalar joylashib borgan. 2-ming yillikning boshida hoz. komi (ziryan) xalqi avlodla- rining qabilaviy birliklari shakllan- Di. 11 —14-a.larga oid manbalarda VI- chegdalik permlar nomi eslatib o’tiladi. Ular o’rta va quyi Vichegda havzasida yashab, dehqonchilik va chorvachilik b-n shug’ullangan. O’troq hayot boshlanib, hunar markazlari vujudga kelgan. Vicheg- dalik permlar 12— 14-a. lar davomida Novgorodga xiroj to’lab turdi. 14-a.da Moskva knyazligining ta’siri kuchay- Di. 14-a. oxiridan aholi xristian Di- niga o’ta boshladi. 1478 y. Komi o’lkasi rasmiy ravishda rus davlati tarkibiga qo’shib olindi. 15— 18-a.larda muhim savdo yo’llari (Vyatka-Kama havzasi — Arxangelsk va Velikiy Ustyug — Si- bir) Komi o’lkasi orqali o’tardi. 18-a. da bir necha savdo markazi paydo bo’ldi. Cho’yan quyish z-dlari, neft haydash korxonalari va h.k. qurildi. Komi xalqi tarkib topdi. 19-a.ning 1-yarmida dehqonlar Rossiya davlati va mahalliy ekspluatatorlar zulmiga qarshi ommaviy isyon ko’tardi. 1918 y. yanv.—mart oylari- da K.da sho’ro hokimiyati e’lon qilindi. 1921 y. avg.da RSFSR tarkibida K. (Zi- Ryan) Muxtor viloyati tuzildi, u 1936 y.da K. Muxtor Respublikasiga aylantirildi. 1990 y. suverenitet haqidagi Deklarasi- yaga muvofiq, 1992 y.da K. Respublikasi maqomini oldi. Xo’jaligida og’ir sanoat tarmoqlarining ulushi katta: elektro- energetika, ko’mir, neft, gaz qazib chiqarish va qayta ishlash, o’rmon sanoa- ti etakchi o’rinda. Energetika-sini bir qancha issiqlik elektr st-yalari va Pe- chora GRES tashqil etadi. Yiliga o’rtacha 10,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Yog’och, asosan, Vichegda, Pechora va Mezen havzalarida tayyorla- nadi. Yog’ochsozlik, mebel, tsellyuloza- qog’oz sanoati barpo etilgan. Timan-Pe- chora neft-gaz konlari negizida neft va gazni qayta ishlash sanoati rivoj topgan. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari Sektivkar, uxta, Nyuvchim, Inta, Shelyayurda joylashgan. Qurilish ashyolari koni (g’isht, tsement, ohak, te- Mir-beton konstruktsiyalar) i.ch. yo’lga qo’yilgan. Engil sanoat korxonalari ko’n-poyabzal k-ti, tikuvchilik f-kalari va b.dan, oziq-ovqat sanoati sut z-dlari, go’sht k-tlari, to’z olish z-Di, un k-ti, qandolat va makaron f-klaridan iborat. Asosiy sanoat markazlari: Sektivkar, Uxta, Vorkuta, Inta, Pechora. K-x. sut chorvachiligiga ixtisoslash- gan. Qoramol, cho’chqa, qo’y va echki, parran- da, shim.da bug’u boqiladi. K.ning Jan.- g’arbida dehqonchilik b-n shug’ullaniladi. Ozuqabop ekinlar, kartoshka, sabza- vot, g’alla (javdar, arpa, suli) ekila- Di. Q.x. aholining oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Respublikada t.y. (3,1 ming km) va avtomobil yo’li (15,3 ming km) asosiy transporot turidir. Mikun— Uxta— Vorkuta t.y., Vuktil—uxta-Torjok gaz quvuri, Usinsk—uxta-Yaroslavl neft quvuri o’tkazilgan. Asosiy avtomo- bil yo’llari: Sektivkar—Emva—uxta, Ust-Vim—Yarensk, Aykino—Mikun, Uxta—Vuktil, Sektivkar—Ust-Kulom, Ust-Sisolsk— Troisko-Pechorsk. Yuk tashishda suv transporti, yo’lovchi ta- shishda havo transporti muhim rol o’ynaydi. Sektivkar, Uxta, Pechora, Vor- kutada aeroportlar bor. Tibbiy xizmat. K.da aholiga 5 mingga yaqin vrach, 12 mingdan ko’proq o’rta tib- biyot xodimi xizmat ko’rsatadi. 200 dan ko’proq ambulatoriya-poliklinika, 29 sanitariya-epidemiologiya st-yasi, 500 ga yaqin feldsherlik-akusherlik muassasa- si, Seryogovo balneologiya kurorti, sa- natoriylar bor. Maorifi, madaniy-ma’rifiy va il- miy muassasalari. K.dagi 592 kunduzgi umumiy ta’lim maktabida 196 ming, 20 o’rta maxsus o’quv yurtida 15 ming o’quvchi, 3 oliy o’quv yurti (Sektivkar un-ti, ped. in-ti, Uxtadagi industrial in-t)da 11 mingga yaqin talaba ta’lim oladi. K.da Rossiya FA Ural bo’li-Mining K. il- miy markazi, Pechora ko’mir i.t. in-ti, K. tibbiyot in-ti, q.x. tajriba st-yasi va b. ilmiy muassasa hamda loyiha- konstruktorlik tashqilotlari mavjud. K.da madaniyat uylari, ommaviy kutubxo- nalar, 4 teatr, 5 muzey, sport maktablari bor. Respublika radio va televideniesi, Sektivkar, Vorkuta va Uxtada telemar- kazlar ishlaydi. Adabiyoti. Qad. xalq ijodiyoti: qo’shiq, ertak, afsona, rivoyatlarda ko- milar turmushi va qalbi ifodalangan. K. yozma adabiyotiga shoir I.A.Kuratov (1839-75) asos solgan. U o’z she’rlari- da xalqning og’ir chayoti va orzu-umidla- rini aks ettirgan. 20-y.larda poeziya va dramaturgiya etakchi janrlarga aylandi. A.V.Savin, M.N.Lebedev, V.I.Litkin, V.T.Chistalev va b. yozuvchilar xalq og’zaki ijodi va rus adabiyoti an’analariga taya- nib ijod qildi. Shoirlar xalq jasora- ti va ona yurt tabiatini kuyladi. 20-y. larning 2-yarmida proza etakchi janr bo’lib qoldi. 30-y.larda K. adabiyoti yana- da ravnaq topdi. Yirik nasriy asarlar — qissa va romanlar (g.A.Fyodorovning «Qishloq tongi», I.V.Iz’yurovning «Timka brigadasi» va b.) paydo bo’ldi. K. yozuvchilarining ko’pi 2-jahon urushi- da qatnashdi. S.A.Popov, I.M.Vavilin, N.M.Dyakonov kabi yosh yozuvchlar jang- chilar jasoratini va front orqasidagi mehnatni ulug’lagan asarlar yaratdi. Key- ingi yillarda xalqning o’tmish va za- monaviy hayotini aks ettiruvchi «tundra chiroqlari» (V.V.Yuxnin), «ikki dust» (Ya.M.Rochev), «Tongda» (G.A.Fyodorov) va b. romanlar yaratildi. Me’morligi va tasviriy san’ati. Re- spublika hududida mezolit davriga oid geometrik naqshli yog’och va tosh asboblar, turli rasmlarga boy shisha idishlar, suyak buyumlar topilgan. Respublikaning o’rmonga boyligi yog’och me’morligining rivojlanishiga imkon berdi. Ibodatxo- nalar yog’och va toshdan ishlangan (18-a.). Susol va Vim uslubidagi uylar go’zal va ifodali. 19-a.da 1-2 qavatli, baland poydevorli serqasham va yog’och uylar qo’proq qurilgan. Tomi ikki tomonga ni- shab qilingan. Derazalari oqqa bo’yalgan, ustki taxtasi hashamdor qilib yasalgan. 20-a.da Sektivkarda qurilish ishlari avj oldirildi. Vorkuta (1943), Uxta (1943), Pechora (1949) va b. shaharlar bar- po etildi, 5-9 qavatli g’ishtin va yirik panelli uylar, ko’plab jamoat binolari va b. qurildi. K. xalq san’ati, asosan, kiyim va ro’zg’or buyumlarini tayyorlashdan bosh- langan. Har bir joyning sevimli ran- glari bor: Jan.da ayol bosh kiyimlari va ko’ylaklari juda mayda zich kashtali qilib, ko’pincha, qizil va qora rangda tikiladi. Shim.da mo’ynali kiyimlar, ko’lqoplar, sumkalar qizil, ko’k, yashil rangdagi movut parchalari b-n «mozaika» usulida bezatiladi. Qayin po’stlog’idan turli buyumlar to’qish keng rasm bo’lgan. Professional tasviriy san’a- ti 20-a.ning 20-y.larida paydo bo’ldi. V.V.Polyakov asos solgan kitob grafi- kasi, plakat va gaz. suratkashligi M.P. Beznosov, V.P. Malaxov, V.A. Bausov- lar tomonidan rivojlan-tirildi. 40-y. larda tarixiy mavzuda manzara va rasm chizish (V.G.Postnikov), portretlar yara- tish (M.P.Beznosov) avj oldi. 40-50- y.larda dastlabki syujetli rasmlar va portretlar yaratildi. Haykaltaroshlik, o’ymakorlik san’ati paydo bo’ldi. Keyin- gi yillarda san’atning barcha tarmoqlari ravnaq topdi. Xalq hunarmandchiligi turlarida yog’och o’ymakorligi, yog’ochsozlik, mo’ynachilik, kashtachilik, ko’nchilik, ku- lollik, to’qimachilik rivoj topgan. Musiqa folklori qo’shiq janridan iborat. Qad. K. qo’shiqlari past parda- larda ravon aytiladi. Keyingi davr qo’shiklari keng diapazonda ijro etili- shi b-n ajralib turadi. Yakkaxon va xor (odatda, 2 va 3 ovozli) ijrochilik san’- ati tarqalgan. Cholg’u asboblaridan uch torli sugudek (kamonli va chertma), 4-7 torli brungan (katta hajmdagi urma soz), puflab chalinadigan orkestr asboblari- dan chipsan, pelyan va b. bor. Ular ichida balalayka va garmon salmoqli o’rin tu- tadi. Professional musiqa san’ati 20- a. boshlarida paydo bo’ldi. 40-y.larda dastlabki milliy musiqali dramalar yaratildi (A.A. Voronsovning «Ust- Kulom qo’zg’oloni» asari va b.). 60-y.lar- da milliy opera («ust-kulom osmonida momaqaldiroq») va balet («yag-Mort») yuzaga keldi. K.da respublika musiqali teatri, filarmoniya, ashula va raqs ansambli, musiqa bilim yurtlari, bolalar musiqa maktablari bor.