Komilov Erkin

Komilov Erkin (1946.20.7, An- Dijon viloyati, kurfa qishlog’i) — O’zbekiston xalq artisti (1998). Tosh- kent teatr va rassomlik san’ati in-tini tugatgan (1968). 1966 y.dan Hamza teatri- da aktyor. Eng yaxshi rollari: Qilichbek («Oltin devor»), Qobiljon («saman- dar»), Ibn Sino («Beruniy»), Karl Moor («Qaroqchilar»), Jevakin («Uylanish»), Glumov («har to’kisda bir ayb»), Myas- nikov («Qatag’on»), al-Zokir («piri ko- inot»), Boyazit («Sohibqiron Temur»), Ikrom («Ufq»), Albeni («Qirol Lir»), Abulfayzxon («Abulfayzxon»), Ortiq («Noyob nusxa»), Mannon Uyg’ur («tomo- sha davom etadi»), Garrison («etti FA- ryod») va b. Yaratgan obrazlariga o’ziga xos rang berib, xarakterlarning ishonchli chiqishiga erishadi. Rol o’ynashda yaxshi- lik, tabiiylik, qahramonning hissiyot va kechinmalarini murakkab majmuini bera olish, aktyor siyratidagi jilovlan- gan kuch, ziyolilik, ichki madaniyatning jo’sh urishi K. ijodiga xos. K. kinoda ham bir qancha obrazlar yaratgan: Begimqul («Yuzsiz»), Yo’ldosh («Sevgi»), Musulmonqul («o’tgan kun- lar»), Valixo’ja eshon («amirning Xu- fiyona yurishi»), Xurram («tilla bola»), Boyazid Jaloyir («Amir Temur»), Qurbonov («uchishga ruxsat eting»), do- vjenko kinostudiyasida «Yulduz shu’- lasi» filmida Ergash Sobirov va b. Video va telefilmlarda Aziz Qosimov («Girdob»), Sultonmurod («Alisher Navoiy»), Haydar («Diyonat»), Rahim Saidov («yoz yomg’iri»), Charlz Fori- ster («qora karvon»), Bachana («Abadiyat qonuni»), Jabbor («qora ko’zlar»), may- or Solihov («so’nggi o’q»), Haydar (kesak polvon) («Shaytanat»), Shokir ota («et- tinchi falakdan kelgan ovoz») kabi rol- lar ijro etgan. «Otalar so’zi—aqlning ko’zi» ko’rsatuvida 100 dan ortiq rol o’ynagan, 500 dan ortiq film (ayniqsa, multfilm, ertak-filmlar)ni dublyaj qilishda qatnashgan.