Komilova Halima Olimovna

Komilova Halima Olimovna (1926.24.12, Marg’ilon — 1984.29.3, Toshkent) — balet artisti, raqqosa. O’zbekiston xalq artisti (1967). Usta Olim Komilovning qizi. O’zbek opera va balet teatri (Navoiy teatri) qoshidagi balet studiyasini (1948), katta teatr (Moskva) qoshidagi xoreografiya bilim yurtini (1951) tugatgan. 1942 y.dan na- voiy teatrida ishlagan. 1982— 84 y.lar Toshkent xoreografiya bilim yurtida pe- dagog. U yaratgan obrazlar o’zining badiiy yuksaqligi, kuchli drama-tizmi, turli xa- rakterdagi qahramonlari fe’l-atvorini, ichki dunyosini nafis harakatlarda usta- lik b-n ochib berish, milliy mumtoz raqslarni alohida mahorat b-n ijro etishi b-n AJ-ralib turadi. Eng yaxshi partiyalari: Zarema (B.Asafev, «Zare- ma»), bal malikasi (R.Glier, «mis cha- vandoz»), Lola (g.Mushel, «Raqqosa»), Siren pariey, Odilliya (P. Chaykov- skiy, «Uyqudagi go’zal», «Oqqush ko’li»), Oynisa (B. Gienko, D. Zokirov, «Oyni- sa»), Kitri, ko’cha raqqosasi (L.Minkus, «Don Kixot»), Karmen (M.Ravel, «Bo- lero») va b. K, ayniqsa, o’zbek, tojik va b. Sharq xalqlari raqslaridagi lirik jo’shqinlik, sho’x, ayni paytda nafis ra- von ijrosi, harakatlaridagi chaqqonlik b-n tomoshabinlar e’tiborini qozongan: «Zang», «larzon», «Ey nigorim», «Rohat», «Tog’li Badaxshon», «Munojot», «Pilla raqsi», «Shodiyona», «Tanavor», «Hindcha», «Arabcha», «Ispancha» raqslar shular jumlasidan. Jahon yoshlari va studentlarining 3-festivali (Berlin, 1951) laureati.