Ko’mir konlari

Ko’mir konlari — foydali qazilmalar sifatida tarkibida, aso- san, ko’mir bo’lgan konlar. K.k. tabiatda cho’kindi jinslardan hosil bo’lganligi tufayli yakka yoki bir necha qatlam shakli- da uchraydi. Qatlam yoki qatlamlarning qalinligi, ko’mirning sifati, atrofida- gi geologik sharoitlariga qarab K.k.ning umumiy geologik zahiralari balansdagi va balansdan tashqari zahiralarga ajra- tiladi. Geol.-razvedka ishlari natija- sida konning sharoitlari, chegaralari va, albatta, foydali qazilmaning sifat ko’rsatkichlari to’g’risida olinadigan qushimcha ma’lumotlar zahiralarni bir toi-fadan ikkinchisiga o’tkazishga asos bo’ladi. Xalq xo’jaligi talablarini, za- monaviy texnologiya va texnika imkoni- yatlarini kompleks iqtisodiy baxrlab, K.k.ning balansdagi zahiralari sano- at zahiralari toifasiga o’tkaziladi va qazib olinadi. Qazib olish jarayonida geologik sharoitlar, qullaniladigan texnologik usullar va texnika vo- sitalari imkoniyatidan kelib chiqib, ko’mirning bir qismi qazib olinmasdan er ostida qoldiriladi va bu ko’rsatkich foydali qazilmani konda yo’qotish va qazib chiqarish koeffisientlari b-n baholanadi. Ko’mirni konlardan qazib olish- da ochiq, er osti va kombivasiyalash- gan usullar qo’llaniladi. Ochiq usulda qazishning asosiy sharti — foydali qazilma qatlamlari er yuzasiga yaqin joylashgan bo’lishi kerak, bu sharoit- da karer (ko’pincha K.k.da — kesma)da yuqori quvvatli rotorli qazib olish kom- baynlaridan foydalaniladi. Qatlamlar chuqurligi oshavergach, ochiq usulda qazib olingan ko’mirning hajmiga nisbatan puch tog’jinslarining miqdori oshib bo- radi. Muayyan sharo-itlarda ko’mirni er osti (shaxta) usulida qazib olish samara- dorli bo’ladi. Ba’zi K.k.da qatlam qanotlarining bir tomoni er yuzasiga yaqin joylashib, hatto yuzaga chiqib qolish holdari ham uchraydi, lekin ularni yotish burchagi kat- ta bo’lgani uchun tez chuqurlashadi, bunday sharoitlarda K.k.ning bir qismi ochiq usulda, qolgan chuqur-lashgan qismi esa er osti usulida qazib olinadi. Xiyla katta o’lchamli yoki zahirali, uzluksiz yoki Orol shaklida tarqalgan ko’mirli formasiya maydonlari ko’mir xavzasi deb ataladi. Ko’mir havzalarining vujudga kelishi er po’sti strukturasining rivojlanishiga, ya’ni sinekliza, chekka bukilma va b.ga bog’liq. Mac, Germaniyada mashhur Saar va Rur ko’mir havzalari, Hindistonda jariya, Raniganj, Bokaro, Frantsiyada Nor va Pa- de-Kale, Lotaringiya, Polshada Sileziya, Buyuk Britaniyada Jan. Uels, Yorkshir va Lankashir, Chexiyada Ostrana-Karvina havzasi, Bolgariyada Bolqon havzasi, Av- straliyada yangi Jan. Uels, Kvinslend, AQShda Appalachi, Illinoys, Pensil- Vaniya, Michigan havzalari, Ukrainada Donesk, Qozog’istonda Qarag’anda, Ekiba- stuz, Rossiyada Kuznesk, Chelyabinsk, Pe- chora va b. Bo’lar orasida 7 tasi o’ta yirik — gigant ko’mir havzalari (har birining geologik zahirasi 500 mlrd. t dan osha- Di) deb hisoblanadi: to’ngus, Lena, tay- Mir, Kansk-Achinsk, Kuznesk (Rossiyada), Alma-Amazona (Braziliyada) va Appala- chi (AQShda). Er yuzida 3600 dan ko’proq K.k. va havzalari hisobga olingan bo’lsa, ulardan 220 tasida K.k.ning zahiralari 0,5 mlrd. t dan oshadi. Jahonda eng ko’p ko’mir zahiralariga ega bo’lgan va ko’p miqdorda ko’mir qazib olinayotgan 9 mamlakat katoriga Xitoy, AQSh, Rossiya, Polsha, Germaniya, Che- xiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Av- straliya kiradi. Ularda har yili dunyo bo’yicha qazib olinayotgan ko’mirning o’rta hisobda 87% qazib olinadi. O’zbekistonda aniqlangan (2000 y.) ko’mir zahiralari hajmi qariyb 2 mlrd. t. ni tashkil qiladi, mutaxassislar ba- shorati bo’yicha ko’mir zahiralari 5,7 mlrd. t dan oshadi. Kumir 3 kondan: An- gren ko’mir koni, Sharg’un ko’mir koni va Boysun toshko’mir konidan qazib olinmoqda. Bo’larning eng kattasi An- gren ko’mir koni. Angrenda ko’mirning sanoat zahirasi 100 y.dan ko’proq vaqtga etadi. Kumir b-n birga kaolin ham oli- nadi. O’zbekiston b-n Germaniya «Kao- Lin» qo’shma korxonasi yiliga 200 ming t sifatli kaolin chiqarmoqda. Sharg’un va Boysun K.k.da yiliga 80 va 10 ming t toshko’mir qazib olinmok- da. Bu ko’mir metallurgiyada koks urni- ga qullanilishi mumkin. Konlarning zahiralari ko’p yillar mobaynida foy- dalanishni ta’minlaydi. Angren va Boysun K.k.da olingan ko’mirdan aktiv ko’mir i.ch. muljallangan. Ko’mirni qazib olishda bir qancha mu- ammolar mavjud. Ulardan eng muhimi — atrof muhitga zarar etkazmaslik chora- larini ko’rish. Ko’mirni, ayniqsa, ochiq usulda qazib olishda puch tog’jinslari- dan juda ko’p mikdorda to’kmalar, sun’iy tepaliklar hosil bo’ladi. To’kmalar tar- kibidagi ko’mir qoldiqlari o’z-o’zidan yonish holdari bo’lib turadi, tuproq tarkibi o’zgaradi. Yangi fan tarmog’i — konchilik ekologiyasi hoz. vaqtda Land- shaft rekultivasiyasi muammolarini urganmokda. Agar er yuzasida ko’l, Daryo yoki aholi yashaydigan joy bo’lsa, o’sha maydonda foydali qazilma olinmas- dan qoldiriladi. Amalda suv havzasini quritish yoki aholi yashaydigan joyni ko’chirish holdari ham uchraydi. Mac, Ohangaron daryosi loyihalashtirilgan karer maydonini kesib utganligi tu- fayli Daryo suvi konning Jan. tomonidan o’z. 5,5 km li tonnel orqali o’tkazildi. Angren razreziga to’g’ri kelgan eski qishloq xonadonlari ham ko’chiriladi. O’zbekistonda foydalanishga topshi- rilmagan, lekin hisobga olingan va sano- at ahamiyatga ega K.k. mavjud. Mas, Oltin- soy tumani hududida (Boysundan 50 km) bir qatlamli kon aniqdangan, qatlamning qalinligi 6,5 m gacha bo’lib, 500 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralari 20 mln t miqdorida baholangan. Sharg’undan 30 km masofada 6 qatlamdan iborat kon topilgan. Qatlamlarning qalinligi 1,0—10,3 m, 600 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralari 62 mln. T miqdorida baholangan. Farg’ona vilo- yatida qalinligi 2-6 m bo’lgan 2 kat- Lamdan iborat kon aniqlangan, 500 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralar hajmi — 84 mln. t. O’zbekistondagi konlarning ko’miri tarkibida o’rtacha 0,5—2,5% oltingugurt, 8,5—20,0% kul bo’lib, 1 kg ko’mir 6500— 7200 kkal issiqlik beradi. Ad.: Burchakov A. S. i dr., Texnologiya i mexanizasiya podzemnoy razrabotki plastovix mestorojdeniy, M., 1989; er- Molov V. A. i dr., Mestorojdeniya polez- nix iskopaemix, M., 2001. Abdusattor Meliqulov.