KO’MIRLANISH

KO’MIRLANISH — torfli botqoklik qatlamlarida bo’ladigan ikkilamchi geologik jarayon. Bunda torf ko’mirga, ko’mir toshko’mirga va oxiri antrasitga aylanadi. Ko’mirlanish fizik-kimyoviy jarayon bo’lib, torf qatlamlari boshqa jinslar bilan qoplangandan so’ng sodir bo’ladi.