Kommensalizm
Kommensalizm (lot. com – bir- ga, birgalikda; mensa — oziklanish) — simbioz turi. Ikki organizm o’rtasidagi munosabat. Bunda organizmlardan biri (kommensal) tashqi muhit b-n munosabat- larini boshqarishni ikkinchi organism (xo’jayin) zimmasiga yuklaydi, lekin u b-n mustahkam bog’lanmaydi. Bu siste- mada 2 organizm o’zaro metabolistik yoki antagonistik mu-nosabatga kirishmaydi. Umumiy maydon, substrat, birgalikda harakatlanish yoki ko’pincha oziq kommen- sal munosabatlarning asosini tashqil etishi mumkin. Xo’jayininingtuzilishi va hayot kechirishining o’ziga xos xususi- yatlari orqali kommensal bu munosabat- lardan bir yoqlama foydalanadi. Odatda, kommensalning bo’lishi yoki bo’lmasligi xo’jayin uchun befarq bo’ladi. K. ta- biatda parazitizmga nisbatan kam uch- raydi. Dengiz bod-ringlarining tana bo’shlig’ida karapus baligining yashashi K.ga misol bo’la oladi. Baliq dengiz bod- ringidan faqat pana joy sifatida foy- dalanadi. K.ning sinoykiya (kvartirant- lik), paroykiya, epioykiya, entoykiya va b. xillari bo’ladi.