Kommunal xo’jalik
Kommunal xo’jalik — shahar, shaxarcha va qishloq aholisiga xizmat ko’rsatuvchi korxonalar, xizmatlar va xo’jaliklar majmui. Shaharlarda shahar xo’jaligi tarkibiga kiradi. Ko’pgina shahar va shaharcha K.x. korxonalari sano- at korxonalarini suv, elektr energiyasi, gaz va b. b-n ta’minlaydi. Mahalliy sha- roitlarga qarab sanoat korxonalarining kommunal maqsadlardagi o’z inshootlari barpo etiladi. K.x.ning taraqqiyot darajasi va fao- liyati aholining farovonligiga, turmush sharoitiga, suv hamda havoning tozaligi- ga bevosita ta’sir ko’rsatadi. K.x.ga quyidagilar kiradi: 1) sani- tariya-texnika korxonalari — vodopro- vodlar, kanalizasiya, aqoli yashaydigan joylarni tozalash b-n shug’ullanuvchi korxonalar, kir yuvish korxonala- ri, hammomlar va suzish-cho’milish hovuzlari; 2) transport korxonalari — shahar passajir transporti (metropoli- ten, tramvay, trolleybus, osma yo’llar, avtobus hamda taksilar), mahalliy suv transporti; 3) energetika korxonalari — elektr, gaz va issiqlik taqsimlovchi tarmoqlar, issiqlik elektr markazla- ri, isitish-bug’qozonlari va elektr st- yalari, aholi yashaydigan joylarga xizmat ko’rsatuvchi gaz z-dlari. Shuningdek, yo’l va trotuarlar, ko’priklar, er osti qamda er usti o’tish yo’llari, umumiy foydala- nishdagi ko’kalamzorlar, ko’cha chirokla- ri, mehmonxonalar, erdan foydalanish, imoratlar va inshootlarni inventar- lash xizmatlari, uy-joy fondiga xiz- mat ko’rsatadigan ta’mirlash, qurilish tashqilotlari, mozorlar, krematoriylar ham K.x. tarkibiga kiradi. 20-a. boshlarigacha O’zbekiston K. x. umumdavlat xo’jaligi tarmog’i sifati- da shakllanmagan edi. Aholi ichish uchun buloq, quduq, oqar suvlar (anhor, ari- klar)dan foydalangan. Shaharlardagi dahalarning xar bir mahallasida katta- kichik hovo’zlar bo’lgan. Mahalliy aholi yashaydigan uy-joylar qishda faqat san- dal (tancha) b-n isitilgan. 20-a.ning 20-y.laridan obodonchilik tadbirlari shaharlar rivojlanishi- ning bosh rejasi bo’yicha olib borildi, har bir tumanda kommunal xo’jaligi bo’limlari tashqil etildi. Keyingi o’n yilliklar davomida O’zbekistonda K.x. yirik sohaga aylandi, sanoat i.ch.ning rivoji va aholining tez o’sishiga bog’liq holda ildam sur’atlar b-n rivojlandi. Qishloq joylarida aholi yashaydigan joylarni obod qilishda loyihalash ish- lari yo’lga qo’yildi, shaharchalar, ekspe- rimental agroshaharlar ko’plab qurildi. O’zbekistonning ko’p tarmoqli K.x. tarkibida uy-joy xo’jaligiga xizmat ko’rsatish va uni asrash, suv ta’minoti va kanalizasiya, issiqlik va gaz ta’mi- noti, aholi yashaydigan joylarni toza- lash b-n shug’ullanuvchi sanitariya-tex- Nika tashqilotlari, shahar yo’lovchilar tashish elektr transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten), elektr, gaz va taqsimlovchi tarmoqlar, shahar xo’jaligini obodonlashtirish, sanoat, ta’mirlash-qurilish, loyihalash korxo- nalari, tashqilotlari va b. mavjud. Respublika K.x.da umumiy quvvati bir kecha-kunduzda 6,4 mln. m3 ichimlik suvni olish kuchiga ega bo’lgan inshoot- lar, 17245 km uzunlikdagi suv o’tkazgich shoxobchalari va suv o’zatgich (vodovod- lar), bir kecha-kunduzda umumiy quvvati 3,4 mln. m3 chiqindi suvlarni tozalash kuchiga ega bo’lgan inshootlar, 5114 km kollektorlar va kanalizasiya shoxobcha- lari, bir soatda 6035 Gkal issiqlik berish quvvatiga ega bo’lgan isitish qozonxonalari, 3716 km issiqlik tarmog’idan foydalanilmoqda (2001). O’zbekiston Respublikam Preziden- tining 1993 i. 15 yuldagi «O’zbekiston Respublikasida kommunal xizmat ko’rsatishni boshqarishni takomillashti- rish to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq, viloyatlar va Toshkent sh.da hududiy K.x. va undan foydalanish birlashmalari barpo etildi. 1996 y.ning boshida re- spublika kommunal xizmat ko’rsatish va- zirligi tizimida 345 korxona va inshoot xususiylashtirildi, kommunal xizmat ko’rsatish korxonalari negizida 20 aktsi- yadorlik jamiyati barpo etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezi- dentining 2000 y. 18-dek.dagi «kom- munal xizmatini boshqarish tizimini yanada isloh qilish to’g’risida» farmo- ni asosida Respublika kommunal xiz- mat ko’rsatish vazirligi tugatildi va «O’zkommunxizmat» agentligi tashqil etildi. Shahar, shaharcha va tuman markazla- rida aholini suv b-n ta’minlash, shu- ningdek, ichimlik suvi sifatini yaxshi- lash maqsadida 1988-95 y.larda sutka- siga 381 ming m3 ichimlik suvi etkazib beradigan vodoprovod shoxobchalari qurilib ishga tushirildi (Samarqand, Urganch, Nukus, Jizzax, Termiz, va b. shaharlarda). 90-y.larda Tuyamo’yin — ur- ganch, Tuyamo’yin — Nukus, Damxo’ja va b. suv quvurlari foydalanishga topshiril- Di. Respublikada vodoprovod tizimi- ning umumiy quvvati bir kecha-kunduzda 12,0 mln. m3 (1990 y.da — 10,5 mln.m3), ko’cha vodoprovodlari yakka tarmog’ini o’z. 56231,5 km (1990 y.da — 24204,3 km)ga etdi. Uy-joylarni obodonlashtirish- da kanalizasiya muhim ahamiyatga ega. O’zbekistonda arxeologik qazilmalar davrida ayrim yirik shaharlarda (Samarqanddagi Afrosiyob qal’asi, Toshkentdagi Qoratosh hammomi xaroba- sidan) sopol quvurli tazar (kanaliza- tsiya) qoldig’i topilgan. Aholi, asosan, kir o’ralar, xaniqlardan foydalangan. 20-a. o’rtalaridan kanalizasiya tarmog’i kengaya bordi. Kanalizasiya-tozalash in- shootlarining bir kecha-kunduzdagi kuv- vati esa 3,7 mln. m3 ni tashqil etadi. 1992 y.dan respublika shahar va ayniqsa, qishloqlarini gazlashtirish ustuvor davlat siyosatiga aylandi. 1991 — 2001 y.larda aholi gaz iste’moli 3,6 marta ko’paydi va 17 mlrd.m3 ga etdi (1990 y.da 4,7 mlrd. m3). 3,6 mln. xonadon tabiiy gaz b-n ta’minlandi (2001). Respublika- da jami gaz tarmoqlari o’z. 103 ming km ni tashqil etdi. Respublika kommunal xo’jaligining yana bir muhim tarmog’i — shaxar, shaharcha va tuman markazlari sanitariya holatini yaxshilash, qattiq va quyuq chiqindilarni o’z vaqtida yig’ish va ularni chiqindi maydonlariga olib borib zararsiz – lantirishdir. Bu xizmat 113 shahar, 97 shaharchada yo’lga qo’yilgan. Umumiy mayd. 930 ga bo’lgan 173 chiqindilar za- rarsizlantiriladigan maydonlar bor. Yiliga 11 mln. m3 qattiq va 5 mln. m3 dan ortiq suyuq chiqindi yig’iladi va ular 5 mingdan ortiq mashina va mexa- nizmlar (ko’cha supuradigan, suv sepadi- gan, axlat tashiydigan, kanalizasiya va kir o’ralarni tozalaydigan va b.) orqali chiqindixonalarga tashiladi. Yirik shaharlar — Andijon, Buxoro, Naman- gan, Uchqo’rg’on, Farg’ona va b.da maxsus ixtisoslashtirilgan avtobazalar bor. K.x. uchun oliy va o’rta maxsus ma’- lumotli mutaxassislar Farg’ona po- litexnika, Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish, Toshkent te- Mir yo’l transporti muhandislari in-tlarida va Toshkent agrar un-tida, Toshkent kommunal-qurilish, Toshkent mehmonxona xo’jaligi, Farg’ona politex- Nika kollejlarida tayyorlanadi.