Kommunikasiya

Kommunikasiya (lot. communicatio — umumlashtiraman, bog’layman) — 1) kibernetikada — in- formasiya (axborot)larni almashish ja- rayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan K.lar mavjud. Jismoniy nuqtai nazardan yondoshila- digan K.ni aloqa ham deb ataladi. Aloqa faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki kishilar o’rtasida mos aloqa kana- li bo’yicha axborotlarni uzatish jara- yonlarini o’z ichiga oladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy K. turi bor: «inson-inson», «in- son-mashina», «mashina-inson», «mashi- na-mashina». Texnikaviy darajadagi K. jarayonlarida turli xil sun’iy tillar (mas, Algol, Kobol va axborotlarni Avto- matik qayta ishlash uchun mo’ljallangan boshqa tillar)dan foydalaniladi. Ij- timoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan K. guruh yoki tashqilot ichidagi, butun ja- moa ichidagi alohida shaxslar o’rtasida axborot almashish jarayonini o’z ichiga oladi. Bunday turdagi K., asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka K.da inson axborotni aniqlashi va idrok etishi (o’zlashtirishi) katta ahamiyatga ega. Guruh yoki tashqilot ichidagi K. uchun shu guruh yoki tashqilot a’zolari ora- sida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan K. qoidalarining xusu- siyatlari ahamiyatli; 2) transport, aloqa yo’llari va shahar xo’jaligi er osti tarmoqlari. Shahar xo’jaligi er osti tarmoqlariga shaharni suv, elektr ener- giyasi, issiqlik, gaz b-n ta’minlash uchun er ostidan o’tkaziladigan suv quvurlari va kabellar kiradi. Er osti tarmoqlari ko’cha va maydonlar ostidan o’tkaziladi. Katta shaharlarda suv quvurlari va kabellar bir umumiy kollektordan o’tkaziladi, natijada K.ni ta’mirlash vaqtida yo’llarni qayta buzib-tuzatish- ga hojat qolmaydi; Z) hayvonlarda bir- biri b-n «muloqot qilish»dagi «sig- nalli» usullar majmui. Har bir tur hayvon uchun «o’ziga xos» K. «signallari» bo’ladi.