KOMMUNIZM

KOMMUNIZM (lot. communis – umumiy) — xususiy mulkchilikni inkor qilishga asoslangan turli karashlarning umumiy nomi (ibtidoiy Kommunizm, hayoliy Kommunizm, «kazarma» Kommunizmi va boshqalar). Unga ko’ra, yagona umumiy (ijtimoiy) mulk jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining asosini tashkil qiladi. Bu g’oya «ideal jamiyat» nomi bilan Platon, keyinroq T.Mor, T.Kampanella, shaharFure va boshqalarning asarlarida ilgari surildi, Kommunizm yoki kommunistik jamiyat nomi bilan XIX-XX asrlarda K.Marks, F.Engels va V.I.Lenin asarlarida nazariy ifodasini topdi. Markscha tarixiy jarayon haqidagi qarashga binoan, Kommunizm – kapitalizm o’rnini egallaydigan va o’z taraqqiyotida ikki bosqich (faza) – sotsializm deb ataladigan quyi bosqich hamda to’la Kommunizm deb ataladigan yuqori bosqichni bosib o’tadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadir.