KOLLEKTIV XAVFSIZLIK SHARTNOMASI TASHKILOTI

KOLLEKTIV XAVFSIZLIK SHARTNOMASI TASHKILOTI (KXSHT – ODKB) — Mustaqil Davlat Hamdo‘stligi tarkibiga kirgan davlatlarning harbiy sohadagi xavfsizligi konsepsiyasi bitim. 1992-yil 9-oktabrdagi MDH davlatlari rahbarlarining Bishkekdagi yig‘ilishida imzolangan. Mazkur shartnoma MDH ga a‘zo mamlakatlarning harbiy sohadagi hamkorligi va xavfsizligi bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qilinib, 1996-yil denonsatsiya qilingan. 2008-yil 21-avgustda O‘zbekiston Respublikasining KXSHT qo‘shilish to‘g‘risidagi xujjat ratifikatsiya qilindi. 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasining KXSHT dagi a‘zoligi to‘liq tugatilgan.