KOMPAKT-DISK
KOMPAKT-DISK — doimiy (o’chmaydigan) tovush signallari (musiqa, qo’shiq, matn va boshqalar) yozib olingan ixcham (ko’pincha diametri 120 millimetr) optik disk. Tovush dasturlari yozib olingan Kompakt-disk (optik raqamli Gramplastinkalar) keng tarqalgan. Bo’lar optik (lazer) plastinka qo’yish qurilmalari (Proigrivatellar) yordamida qayta eshittiriladi. Odatda, tovush dasturining uzunligi (Kompakt-diskning «o’ynash» vaqti) 1 soat. Sifat va qulaylik jihatidan Kompakt-disk oddiy gramplastinkadan ancha ustun turadi.