Kompas

Kompas (ital. compasso — o’lchayman)— geografik (haqiqiy) yoki magnit meridianining yo’nalishini aniqlashda qo’llaniladigan asbob. Mag- nitli, giroskopik K., quyosh K.i, radio va astroradio K.i bo’lishi mumkin. Magnit- li K . magnitlangan milning shimol-Jan. yo’nalishida magnit meridiani bo’ylab joylashishi xossasiga, giroskopik K. er- kin osilgan va maxsus moslama yordamida tez aylanadigan rotorning o’qi geografik meridian tekisligida mustaqil joyla- sha olishiga, quyo sh K.i (yoki astronom i k K.) Quyosh harakatini uzluksiz ko’zatib turishga, rad i okom pas radiost-yalar tarqatadigan radioto’lqinlarni ma’lum yo’nalishda qabul qilishga, astroradio- kompas Quyoshdan tarqaladigan radionur- larni qabul qilishga asoslangan. Bo’lar orasida magnitli K. eng qadimiysi. Uning asosiy kamchiligi shuki, hamma vaqt magnit va geografik qutblar yo’nalishlari farqini hisobga olish kerak bo’ladi. Qutblarda uni ishlatib bo’lmaydi. K. dengizda suzishda, aviasiya, geodeziya, topografiya, kon va harbiy ish- larida qo’llaniladi.