Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket

Kompas va dengiz kompasi qanday tuzilgan?

Kompas olamning to’rt tomoni ko’rsatib qo’yilgan tsiferblatdan va magnitlangan mil (strelka)dan iborat. Uning zangori tusli chekkasi doim shimolni ko’rsatib turadi, demak kompasli sayyoh yo’lda yanglishib qolmaydi. Magnitning hamisha shimol-janub o’qi bo’ylab yo’nalganligi odamlarga qadim-qadimdan ma’lum. Yanada aniqroq qilib aytsak: shimol-janub magnit o’qi bo’ylab. Shu sababli kompasga qarab jug’rofiy ahvolni aniqlashga kichik bir aniqlik kiritish o’rinlidir. Tsiferblat shu maqsadga ximzat qiladi: olamning tomonlari yo’nalishini aniq bilish uchun mil (strelka) ning magnitidagi zangori tomon Shimoliy yo’nalish bilan mos bo’lishi kerak. Biroq buni biron metall buyumga yaqin joyda turib aniqlab bo’lmaydi. Bunday joylarda mil (strelka) Shimoliy yo’nalishni “yo’qotadi” va sizni aldab qo’yadi. Dengiz kompasi mil (strelka)siz bo’ladi. Uning magnitlangan tsiferblati suv-spirt eritmasi bilan to’ldirilgan dumaloq korpus ichida aylanib turadi. Shu sababli tsiferblat burinlari erkin burilib harakatlanadi. Tsiferblatning o’zi esa doimo bir xil gorizontal holatda bo’ladi.

Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket