Kompleksonometriya
Kompleksonometriya, Xe- latometriya, trilonometriya — tit- rlash orqali eritmadan metall ionlari miqdorini aniqlash usuli. Bu usul me- Tall ionlarini etilendiaminpolikar- bon kislotalari b-n kompleks birik- malar hosil qilishiga asoslangan. Eti- lendiamin va karbon kislotalarining birikishi natijasida hosil bo’ladigan birikmalar komplekse n l a r deyiladi. Ular umumiy holda quyidagicha ifoda- lanadi: (NOOS—R)2 NCH2-CH2-N(RCOOH) 2, bu erda R — alifatik radikal- lar. Metall ionlari kompleksonlar b-n suvda eruvchan, kam dissosiasiyalanadi- gan, barqaror va doimiy tarkibli kom- pleks birikmalar — komplek-sonatlar hosil qiladi. Kompleksonning metal ioni b-n birikishida 5 yoki 6 a’zoli halqa — xelat hosil bo’ladi. Amaliyotda etilendiamin tetrasirka kislotaning ikki natriyli to’zi ko’proq ishlatiladi. Bu birikma komplekson III yoki trilon B deb yuri-tiladi. Shu sababli K. ba’zida xelatometriya yoki trilonometriya nomi b-n ham ataladi. Metall ionli eritmani komplekson eritmasi b-n titrlaganda quyidagi reak- tsiyalar kuzatiladi: Me2+ + H2Y2- = MeY2- + 2n+ Me3+ + H2Y2″ = MeY» + 2n+Me4 2″ = MeY- + 2n+ Bu erda H2Y2~ — etilendiamintetra- sirka kislotaning ikki natriyli tuzi anioni. Demak, bir gramm-ekvivalent metallga, uning oksidlanish darajasi- dan kat’iy nazar, bir gramm-ekvivalent komplekson birikadi. Komplekson erit- masining kontsentrasiyasiga karab tit- rlashga sarf bo’lgan har bir ml eritmaga ma’lum mikdorda metall ioni to’g’ri ke- ladi. Mas, 0,01 M komplekson eritmasi- ning (q. Molyar eritma) bir ml ga 0,5869 mg Ni, 0,5894 mg so yoki 0,6354 mg Si to’g’ri keladi. Titrlashning tugash nuqtasini metall — indikatorlar orqali (murek- Sid, erioxrom qora, erioxrom ko’k, piro- katexin binafsha va h.k.) yoki potentsio- metrik, fotometrik, amperometrik va b. usullar b-n aniqlanadi. Aniqlanayotgan metall ioni va qo’shilayotgan indika- torning tabiatiga ko’ra, muhitning rn qiymati turlicha bo’ladi va shu sababli titrlashda maqbul indikator tanlanadi. Agar eritmada bir necha metall ionlari bo’lsa, asosiy ionni aniqlash uchun ara- lashma ionlarni barqaror kompleks bi- rikma beruvchi boshqa moddalar b-n to’sib (maskirovka) qo’yiladi. Bunday moddalar sifatida tsianid, rodanid, ftorid, TSI- trat, tartrat ionlari hamda trietanola- min ishlatiladi. Kompleksonatlarning barqarorligi eritmaning rn mikdoriga bog’liq. Shu sababli bir vaqtda eritma- dagi bir necha metall ionini aniqlash mumkin. Mas, toriy ionini eritmaning muhiti rn -1,6 bo’lganda, so’ngra rn— 4,5 bo’lganda shu eritmadagi Nodir-er me- Tall ionlarini titrlash mumkin. K. usuli suvning qattiqligini, mineral xom ashyodagi, oqova suvlar- dagi metall ionlarining mikdorini aniqlashda, shuningdek, metallurgiya- da oddiy va qulay usul sifatida keng qo’llaniladi. Omonulla Xo’jaev.