Komplement

Komplement (lot. Complementum — to’ldiruvchi, qo’shimcha) — odam va bar- cha umurtqali xayvonlar qonidagi o’zaro ta’sirlashuvchi termolabil oqsil va glikoproteinlar majmui; tabiiy im- munitetnmng muhim omili. Bu oqsillar yallig’lanish jarayonlarida ishtirok etib, organizm uchun yot hujayra va mi- kroorganizmlarni parchalashda (lizis) katnashadi. K. terminini fanga P. Er- Lix kiritgan, lekin ungacha J. Borde kon zardobidagi bakterisid ta’sir etuvchi moddani alleksin (lot. alexina — mikro- organizmlardan himoya qiluvchi tanacha- lar) deb atagan. K. tartibi 20 ta makro- molekulalardan tuzilgan, lekin bu si- stemaning asosiy qismi 11 ta oqsildan iborat bo’lib, qolganlari kuchaytiruvchi va susaytiruvchi fermentlardir. K. — yalliglanish reaktsiyasining aso- siy gumoral komponenti bo’lib, uning mahsulotlari xemotoksin va anafila- toksinlar fagositoz, almashinuv ja- rayonlari va krnning ivishiga ta’sir ko’rsatadi. Shu b-n birga K. tartibida immun javobni nazorat qiluvchi muhim omillar qam bor. K. tartibining faollashishida klassik va alternativ yo’l farklana- Di. Klassik yo’lda antitelo mikroor- ganizm yoki hujayra antigeniga biri- kib, konformasiyasini o’zgartirganidan so’ng, unga komplementning birinchi komponenti (S1) qo’shiladi. K. ning faollashishida IgM va IgG sinf anti- telolardan tuzilgan immun birikma- lar katnashadi. Hosil bo’lgan immune kompleks+komplementning S1 kompo- nentiga S4, S2, sz, S5, S6, S7, S8 va S9 komplementning komponentlari ketma- ket birikib, membranani buzuvchi kom- pleks hosil qiladi. Komplementning alternativ yo’l b-n faollashishi uchun bakteriyalar hujayra devoridagi polisaxarid va lipopolisa- xarid (LPS), viruslarning ustki qismi antigenlari, IgA va IgE dan tuzilgan immun birikmalar, ulardan tashqari properdin, V va D omillar kabi zardob oqsillari bo’lishi zarur. Sanab o’tilgan omillar birikkandan so’ngularga kom- plementning sz, keyin S5, S6, S7, S8, S9 komponentlari ketma-ket birika- Di. Hosil bo’lgan membranani buzuvchi kompleks membrana butunligini bu- zishi hisobiga hujayra halok bo’ladi. K.larning ko’p qismini monosit va ma- krofaglar sintez qiladi. Ularning 90% jigarda ishlab chiqariladi. Qonning bakterisidlik xossasi qisman K. tufay- lidir. K. preparatlaridan antigen-anti- Telo komplekslarini aniqlashda (mas, ba’zi infektsion kasalliklarga tashhis qo’yishda) foydalaniladi.