Kompot
Kompot (Frans. compote) — 1) qoqi va ho’l mevadan qaynatilib tay- yorlanadigan yaxna ichimlik. Turshak, tog’olcha, olma va b. mevalar qoqisidan K. tayyorlash uchun meva sovuq suvda yuvil- gach, kostryulkaga solib, suv quyiladi va qopqog’i yopib qaynatiladi. 1 kg qoqiga 2 l suv kifoya. Yangi mevadan K. tayyorlash- da meva po’sti artilib, parrak-parrak qilib to’g’raladi, shakarli suvga solinib 10-15 min. qaynatiladi (1 l suvga 500 g meva, 200 g shakar); 2) mevalardan tayyor- lanadigan konservalar. Dastlab shakar- dan 30-50% li K. sharbati tayyorlanadi (30% li qiyom uchun 300 g shakar va 700 g suv). Olma K. uchun tanlangan olmani sovuq suvda yuvib, butunligicha yoki 4-8 bo’lakka bo’linib, chovliga solinadi va qaynoq suvda 3 min. pishib, suvi sirqitiladi, bankaga solinib, ustidan 35% li qaynoq sharbat quyiladi. So’ngra banka qopqog’i yopilib, yog’och panjara (ta- Glik) o’rnatilgan kostryulkada sterili- zasiya qilinadi. 5 kg olma uchun 1,75 kg shakar, 4,25 l suv kerak. Sterilizasiya muddati: suv qaynab chiqqandan so’ng har 1 l banka hajmi uchun 20 min., so’ng ban- ka qopqog’i qopqoq yopadigan mashinka b-n mustahkam yopiladi va to’ntarilgan holda sovitiladi.




