KOMPYUTER TARMOG’I

KOMPYUTER TARMOG’I, EHM tarmog’i — axborotlarni uyg’unlashtirib almashinish maqsadida uzatish liniyalari orqali bog’langan alohida kompyuterlar majmui. Har qaysi axborot iste’molchisiga axborotlar zahiralari (ma’lumotlar bazasi, prosessor, xotira va hokazolar) dan birgalikda foydalanish uchun qo’shimcha imkoniyat yaratadi. Kichik hudud (korxona, tashkilot) doirasida foydalaniladigan Kompyuter tarmog’i lokal (mahalliy), keng hudud (o’lka, davlat, qit’a va boshqalar)ni qamrab oladigan Kompyuter tarmog’i global (umumlashgan) deb ataladi.