Kon kombayni

Kon kombayni — foydali qazilmalar yoki tog’jinslarini umumiy massadan ajratib olish, maydalash va transport vositalariga ortish ishlari- ni bir yo’la bajaradigan kon mashinasi. Asosiy qismlari: kon jinslari massi- vini buzib, ularni maydalaydigan ish or- gani; yuklash organi; harakatlantiruvchi dvigatellar; siljitish mexanizmlari; havosini yangilab turish va changlarni to’tib qolish qurilmalari; boshqarish organlari. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish uchun mo’ljallangan K. k. — to- zalash kombayni, kon yo’laqlarini tay- yorlash uchun mo’ljallangan K. k. — o’t i sh kombayni, uchastkada lavani birinchi ishga tushirish uchun mo’ljallangan K.k. — k e s i sh kombayni deb ataladi. Tozalash K. k. ning qiya, yotiq va tik qatlamda ishlovchi; juda yupqa (0,8 m gacha), yupqa (0,81 — 1,21 m), o’rtacha yupqa (1,21—3,5 m) va qalin (3,5 m dan yuqori) qatlamlardan qazib oladigan; shuningdek, tor joyni kamraydigan va keng joyni kamraydigan xillari bor. Tik qatlamda ishlovchi kombaynda ko’mir yuklovchi qismi bo’lmaydi. Tozalash K. k. dagi asosiy ish organlari: kesuvchi zanjirlari bo’lgan bir yoki bir necha bar (rama)lardan iborat bo’lgan barli; aylanish o’qi vertikal yoki gorizontal joylashgan barabanli; aylanish o’qi go- rizontal joylashgan shnekli; burg’ilash ish organlari. Bo’lardan tashkari, bir- lashtirilgan (mas, burg’ilash va baraban- li) ish organlari ham qo’llaniladi. To- zalash K.k. kombaynga montaj qilingan mexanizm, kanat yoki gusenisa yordami- da harakatlanadi. O’tish K. k. foydali qazilmani yoki jinslarni asosiy mas- sadan ajratuvchi, strelkasimon, burg’ili (rotorli, rotorli-planetarli) va te- branma ish organiga ega. Ular gusenisa- li, odimlovchi aralash harakatlantirgich yordamida harakatlanadi. Yuklash organi kovsh, sidirgichli konveyer, shnek va b. ko’rinishda bo’ladi. O’tish kombaynla- ri yordamida butun kon yo’laklari ochib bo’lingach, shaxta maydoni LAVA deb ata- luvchi ish uchastkalariga bo’linadi. Har qaysi lavada tozalash kombaynlarida qazilmani qazishga kirishishdan oldin kesish K.k. yordamida kon massasi butun LAVA bo’ylab kesiladi. Bu kombayn b-n istalgan qatlamdagi ko’mir katlamini kesish mumkin. Bunday K. k.ning ish or – gani ikki sharnirli zanjiri bo’lgan te- branuvchi qo’shaloq bardan iborat. Qazib chiqarilgan foydali qazilma yoki tog’ jinslari yuklash organi yordamida kon- veyerta ortiladi.