Konakri

Konakri — Gvineya poytaxti (1958). Tombo o. va Kalum ya.o.da joy- lashgan (o’zaro damba orqali bog’langan). Aholisi 1558 ming kishi (1997). Iqlimi nam va quruq mavsumli ekvatorial, mussonli ikdim. Yanv.da o’rtacha t-ra 23°, iyulda 22°; yiliga o’rtacha 4300 mm yog’in yog’adi. Dengiz porti orqali chet- ga mi-nerallar va q. q. xom ashyolari chiqariladi. K. — Gvineyaning t.y. Mar- kazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. K. — yirik iqtisodiy markaz, mamlakat ishlab beruvchi sanoatining katta qismi shu erda joylashgan. Oziq-ovqat, kuri- lish materiallari, kimyo, to’qimachilik, metallsozlik, tsement, poligrafiya sa- noati korxonalari bor. Shahar atrofida sabzavotchilik rivojlangan. Shahar 1884 y.da susular qishlog’i o’rnida vujudga kelgan. 1895-1958 y.larda Frantsiya Gvineyasining ma’mu- riy markazi. K. uzunasiga cho’zilgan: Jan.- g’arbi — port va t.y. vokzali joylashgan eski shahar qismidan iborat, yangi shim.- Sharqiy qismi esa ma’muriy markaz, aeroporti ham o’sha erda. 20-a.ning 2-yar- mida K.da ko’plab zamonaviy ma’muriy va turar joy binolari qurildi. Ilmiy muassasalar, Milliy kutubxona, mil- liy muzey, xalqlar saroyi bor.