Konchak, Konjak

Konchak, Konjak — qipchoqlar xoni (1172-1203). Qipchoq xonlaridan O’troqning o’g’li. Sharukanning nabirasi. Otasi o’zining suyukli farzandini yosh- ligida Kavkaz tog’larida saqlagan. 12-a. ning 2-yarmida don daryosi havzasidagi qipchoqlarni birlashtirib, qudratli ko’chmanchi davlat uyushmasi barpo qilgan. K. rus knyazlari b-n qarindoshlik (K.ning qizi Novgorod-Severskiy knyazi Igor Svyatoslavichning o’g’liga tekkan edi) va ba’zan ittifoqchilik munosa- batlarida bo’lib, Kievga qarshi mut- tasil kurash olib borgan. U Lukomore (Azovning shim. dagi hudud) xoni Kobek b-n ittifoq bo’lib, Pereyaslavl eriga bir necha bor (1174, 1178, 1183) harbiy yurishlar qilgan; 1185 y. Igor Svyatos- lavichni mag’lubiyatga uchratib, uni asir olgan, so’ngra Pereyaslavlni besamar qamal qilgan. 1187 y. K. yana Kiev erla- riga chopqun uyushtirgan, Chernigov Knyaz- ligini egallagan. K. haqida rus solnomachisining yozi- shicha, «ushbu qudratli buyuk xon Sula (Dnepr irmog’y)dan elkasida qozon ko’tarib o’ta olgan». Yilnomadagi «qozon» ovqat tayyorlaydigan idish emas, balki u K.ning va u rahbarlik qilgan davlat uyushmasining qudratini ramziy belgisi bo’lib, u «qozon» b-n ushbu kuch- qudratni «boqa olishi» va boshqara oli- shini anglatgan. K. Dnepr havzasidagi qipchoqlar (boshqa uyushmasi)ning Rusga qarshi ayrim yirik yurishlariga tez-tez rahbarlik qilib turgan; 13-a. boshi- da esa uning o’g’li Yuriy Konchakovichni rus solnomachisi «barcha qipchoklarning kattasi» deb atagan. Knyaz Igor K. qarorgohidan, asirlikdan qochayotgan chog’ida yo’lida ko’plab hayvonlar va qushlar (bo’rilar, tulkilar, burgutlar, qarg’alar, oqqushlar, zag’chalar, bulbullar) ni uchratganini, ular haqiqiy bo’lmay, balki qipchoqlarning urug’-qabila to- temlari va nomlari ekanligini aytgan. K. 1184 y. Rusga qilgan chopquni paytida shahar-qal’alarni qamal qilishda Kavkaz (Gruziya, Ozarbayjon) dan olib keltiril- gan yonar o’q otuvchi «manjaniq» (Naftan- doz) va uni otuvchi musulmon to’pchilardan foydalanganligi haqida solnomalarda ma’lumot bor. K.ning ukasi Gruziya pod- shosi Tamara xizmatida bo’lgan. Rus ta- rixchisi N.M.Karamzinning yozishicha, 1185 y. poloveslar knyazi K. tirik olov otuvchi Xoraziy (xorazmlik) Turkni o’zi b-n olib yurgan, undagi qurol o’t so-char qurol bo’lgan. Rus xalq og’zaki ijodi qahramonlaridan biri — o’lmas Koshchey obrazi K. b-n bog’liq bo’lib, rus solnoma- chilari K.ni «battol, murdor Koshchey» deb atashgan. Mahmud Koshg’ariy lug’atida kenjak — turkiy qabila nomi sifa- tida keltirilgan. Toshkentda Kunjak mahallasi mavjud. Igor Svyatoslavich va b. knyazlarning K.ga qarshi kurashlari haqidagi voqelar bayoni qad. rus adabiy- yodgorligi «Igor polki jangnomasi» negizini tashqil qiladi. Ad,: Barmankulov M., Xrustalnaya mechta tyurkov o kvadronasii, Almati, 1999; slovo o polku Igoreve, M.—L., 1950; Pletneva S. A., Kochevniki Sredne- vekovya, M., 1982; Polovsi, M., 1990; Murad adji, Polin poloveskogo polya, M., 1994. Faxriddin Hasanov.