Kondisioner

Kondisioner – 1) havoni mo»tadillash agregati; ventilyator, havoni isitkich, havoni sovitkich va havo filtrlaridan iborat. Mustaqil, nomustaqil va etkazib beruvchi K., Mar- kaziy (ob’ektdan uzoqroqqa o’rnatiladi), mahalliy (ob’ektning o’ziga yoki uning yaqiniga o’rnatiladi) turlari bor. Mustaqil K.da sovitish mashinasi yoki sovitish mashinasi va elektr havo isit- kichi bo’ladi, bo’lardan tashqari elektr dvigatelli sovitish kompressorlari, bug’latkich-havo sovitkich, kondensator, havo filtri, elektr dvigatelli venti- lyatorlar, sovitish mashinasi ishini AV- tomatik rostlash, xona ichidagi havoni bir me’yorda avtomatik to’tib turish as- boblari bor. Nomustaqil K.da sovuq, va issiq havo tashqi manbadan keladi. Et- kazib beruvchi K.da havo Markaziy K.dan berilib, sovuq va issiq (sovuq va issiq suv) tashqi manbadan beriladi; uning ventilyatorli va ejektorli turlari bor. Suvni bug’latib havo sovitiladigan bug’latkichli K. ham ishlab chiqariladi. Mustaqil K.ning ish unumdorligi so- atiga 450-16000 m3, nomustaqilniki — 1500-500000 m3 havo. K. turar joy, jamoat, sanoat va q.x. binolari, vagon- lar, samolyotlar va b.da qo’llaniladi; 2) donlarga gidrotermal ishlov beradigan apparat; bunda un mayin tortiladi va sifati yaxshilanadi.