Konferanse
Konferanse (Frans. conferencier — ma’ruzachi) — estrada, kontsert va b. tomoshalarni olib boruv- chi, ko’pincha mustaqil hajviy, yumori- stik tomoshalar ko’rsatuvchi artist. To- moshabinlarga dastur tartibini e’lon qiladi va tushuntirish olib boradi. K.lik san’ati o’tkir zehn, badihago’ylik, hozirjavoblik, tomoshabinlar b-n muloqot qila bilish mahoratini talab etadi. K.lik dastlab 19-a.ning 60-y.la- rida Parij kabarelarida paydo bo’lib, so’ng boshqa mamlakatlarga tarqalgan. O’zbekistonda Mirshohid Miroqilov, Hojisiddiq Islomov, Yusufjon qiziq Shakarjonov — birinchi o’zbek K.laridir. 20-a.ning 2-yarmida G’. A’- Loev, M. Musaeva, E. Qoriyoqubova, A. Alixo’jaev, V. Lapin va b. etuk K. sifa- tida tanilgan. Zamonaviy o’zbek estrada- sida K.lik san’atining rivojlanishiga O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist O’tkir Siddiqov katta hissa qo’shib kelmoqda. U 1991-2001 y.larda «Yago- na oilada», «biz O’zbekistondanmiz», «Sharq bozori», «Navro’z nashidasi», «Mustaqil O’zbekiston», «Buyuk ipak yo’li», «onalar va otalar», «to’yga Marhabo» va b. kontsert dasturlarini yaratib, badiiy so’z ustasi sifatida faol ijod qilmokda. Estrada-tsirk kolleji- da K.lik san’ati bo’yicha maxsus darslar olib boriladi. Po’lat Toshkanboev.


