KONFERENSIYA

KONFERENSIYA (lot. konferentia – bir joyga to’playman) — davlat yoki partiya, jamoat va olimlar vakillarining muayyan masalani muhokama etish uchun yig’ilishi. XIX asrning 2-yarmigacha G’arbiy Yevropada, asosan, ma’muriy-texnik, madaniy, iqtisodiy va huquqiy masalalarga oid yig’ilishlar ham Konferensiya deb atalgan. Keyinchalik Konferensiya. tushunchasi kongress atamasi o’rnida ham qo’llanila boshladi.