KONFORMIZM

KONFORMIZM (lot. conformis – o’xshash, muvofiq) — mavjud ijtimoiy tartib, hukmron g’oya va fikrlarga moslashish, ularni passiv qabul qilish. Konformistlarning o’z mavqei bo’lmaydi, tazyiq kuchiga ega har qanday namunaga prinsipsiz, notanqidiy, ko’r-ko’rona ergashaveradi. Konformizm moslashish, mavjud tartib, qoidalar, qadriyatlar, g’oyalarni ko’r-ko’rona qabul qilish hisoblanadi.