Konimex

Konimex — Navoiy viloyatida- gi shaharcha (1935 y.dan). Konimex tu- mani markazi. Yaqin t.y. stantsiyasi ko- nimex (7 km), viloyat markazi Navoiy-gacha 100 km. Zarafshon vohasining o’rta qismida. Zarafshon daryosidan Konimex arig’i orqali suv oladi. Aho-lisi 8,4 ming kishi (2002). K.qad. aholi punkt- laridan biri. Shaharcha nomining ke- lib chiqishini «kon» («kom») — anhor, kanal, «mex» yoki «mug'» — otashparast, ya’ni Konimex — otashparastlar anhori so’zlari b-n bog’laydilar. Shaharchada tuman hokimligi bino- si, qurilish korxonalari, avtokorxo- na, aloqa bo’limi, gazlashtirish, elektr tarmoqlari korxonalari, dehqon bozori, MTP, «ishonch», «Sayxun» aktsiyadorlik jamiyatlari bor. 4 umumiy ta’lim MAK- tabi (shundan 1 tasi maktab-gimnaziya), kasb-hunar, sport, musiqa maktablari, 2 kutubxona, klub, tarixiy-o’lkashunoslik muzeyi faoliyat ko’rsatadi. Mexota mas- jidi mavjud. K.dan viloyat markazi, qo’shni tuman markazlari va b. aholi punktlariga avtobus qatnaydi.