Konkordat
Konkordat (kechki lotincha concordatum-kelishuv)-katolik cherkovi boshlig’i sifatida papa hamda qaysidir davlat o’rtasida mazkur mamlakatdagi katolik cherkovi huquqiy maqomi va uning papa hokimiyati bilan munosabatlarini tartibga soluvchi shartnoma. XIX asrda Yevropa siyosiy xaritasining o’zgarishi bilan atamaning aniq izchilligi yo’qolgan. Mashhur Konkordatlar: Vorms Konkordati (birinchisi, 1122), Bolonya Konkordati (1516), Napoleon Konkordati (1801), Lateran bitimlari (1929).