Konnektikut

Konnektikut— AQShning shim.-Sharqiy qismidagi shtat, yangi An- gliyada. Mayd. 12,9 ming km2. Aholisi 3,4 mln. kishi (2001). Ma’muriy Mar- kazi — Xartford sh. K. hududi dast- lab Angliya mustamlakasi bo’lgan. 1788 y.dan AQSh tarkibida. Shtat Long- Aylend bo’g’ozining sohil pasttekis- ligi va Appalachi tovyurining Jan. etaqlarida (200-400 m) joylashgan. K. hududidan o’tuvchi Konnektikut daryosida kema qatnaydi. Iqlimi mo»tadil ocean iqlimi. Xartfordda o’rtacha t-ra yanv.da -2,4°, iyulda 22,6°. Yiliga o’rtacha 1200 mm yog’in yog’adi. Etakchi sanoat tarmoqlari — mashina – sozlik (elektrotexnika va radioelektro- Nika, soat i.ch., priborsozlik, aviasoz- lik, kemasozlik va b.) va metallsozlik. To’qimachilik, kimyo, rezina, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Xartford, Brijport, Nyu- Xeyven, Uoterberi. Q. h. ning etakchi tarmog’i — sut chor- vachiligi va parrandachilik. Konnektikut daryosi vodiysida tamaki etishtiriladi. Transport yo’llari zich. Muhim dengiz portlari: Nyu-Xeyven, Brijport, Nyu- London. K.da muzeylar, un-tlar bor.