Konnetabl

Konnetabl (fransuzcha connectable, kechki lotincha comes stabull-otxona boshlig’i so’zidan)-o’rta asrlarda Fransiya qirolligida oliy harbiy davlat lavozimi. Sharqiy Rim imperiyasida Konnetabl vazifalari otxona va otlar bilan bog’liq bo’lgan. Vizantiyadan Franklar davlatiga o’tgan. XII asrdan Konnetabllar Fransiyada oliy davlat lavozimlarini egallay boshladilar. XIV asrda Konnetabl qirol qo’shinlarining bosh nazoratchisiga aylandi va qiroldan keyingi mavqega ega bo’ldi. Lekin Yuz yillik urush tugagach, Konnetablning ahamiyati pasaydi, marshallarning roli ortdi. 1627 yili Konnetabl unvoni cardinal Rishelye talabi bilan batamom tugatildi, harbiy qo’mondonlik bosh marshallar qo’liga o’tdi.