Kononov Andrey Nikolaevich
Kononov Andrey Nikolaevich (1906.27.10, Peterburg – 1986.30.10, Le- ningrad) — turkiyshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1979), akad. (1974), Filol. fanlari D-ri (1948), prof. (1950). Leningrad Sharq tilla- ri in-tini tugatgan (1930), shu in-tda o’qituvchi (1932— 38), prof. (1950 y.dan). Rossiya FA Sharqshunoslik in-tining Leningrad bo’limi direktori (1961-63), 2-jahon urushi yillarida O’zbekiston FA til va adabiyot in-tida, ayni vaqtda O’rta Osiyo un-tida ishlagan (1943— 45). K. tadqiqotlari turkiy tillarni o’rganishga, sharqshunoslik tarixiga oid. U «O’zbek tili grammatikasi» (1948, 1960), «hozirgi o’zbek adabiy tilida ko’makchilar» (1951), «hozirgi turk ada- biy tilining grammatikasi» (1955), «Hozirgi o’zbek adabiy tilining gram- matikasi» (1960) va b. ilmiy asarlarida o’zbek adabiy tili masalalarini tadqiq etgan. «Mahbubul-qulub» va «Shajarayi tarokima» asarlarining yig’ma matnini tuzib, nashrga tayyorlagan. V. M. Jir- munskiy b-n hamkorlikda «kitobi dadam Qo’rqut» (1962)ni nashr ettirgan. Shark- shunoslarning 23-xalqaro Kongressida (London, 1954), Turkiya Tilshunoslar jamiyati kongresslarida (Anqara, 1957, 1966), sharqshunoslarning 25-xalqaro Kongressida (Moskva, 1960) oltoyshu- noslar sho»basi ishlariga rahbarlik qilgan. Turkiya tilshunoslik jamiyati (1957), Vengriya sharqshunoslari ilmiy jamiyati (1970), Polsha sharqshunoslari ilmiy jamiyati (1974), Vengriya FA Fax- riy a’zosi (1973). As: grammatika yazika tyurkskix Runi- cheskix pamyatnikov, VII-IX vv., L., 1980.