Konovalov qonunlari
Konovalov qonunlari – mu- vozanat holatidagi ikki komponentli sistemaning suyuq va bug’fazalar tar- kibining t-ra yoki bosim o’zgarishiga bog’likligini ifodalaydigan 3 qonun. 1-qonun — o’zgarmas t-Rada (T-const) bug’tarkibida eritmadagiga qaraganda ko’proq (yoki ozroq) mikdorda bo’lgan kom- ponentning kontsentrasiyasi ortganda eritmaning bug’bosimi ham ortadi (yoki kamayadi). 2-qonun — o’zgarmas t-Rada muvozanat bosimining eritma tarkibiga yoki o’zgarmas bosimda (P-const) qaynash t-rasi (kondensasiya)ning kontsentrasi- yaga chiziqli bog’liqligining ekstremum nuqtasida muvozanatda bo’lgan suyuqlik va bug’tarkiblari mos keladi. 3-qonun — o’zgarmas t-ra va bosimda suyuq erit- ma b-n bug’tarkibi bir yo’nalishda o’zgaradi. K.q. suyuq va bug’fazalaridan iborat ikki komponentli sistemalar uchun 1881-84 y.larda D. P. Konovalov tomonidan nazariy asoslangan va ama- liy tasdiqlangan. 1876-78 y.larda J. U. Gibbs bu qonunlarni umumlashtirgan holda keltirib chiqargan. Konovalovning 2 – qonuni ko’pincha Gibbs-Konovalov qonuni deb ataladi; uni ko’p komponent- li sistemalarga ham tatbiq etish mum- kin. K.q. fazalar muvozanati diagramma- larini tuzishda, suyuqlik — bug’muvoza – nati to’g’risidagi ma’lumotlarni amaliy jihatdan tahlil qilishda, moddalarni rektifikasiya yo’li b-n ajratish usulla- rini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.