KONOVALOV REAKTSIYASI

KONOVALOV REAKTSIYASI – alifatik va alisiklik, shuningdek, yog’- aromatik birikmalardagi vodorod ato- mini suyultirilgan nitrat kislota b-n nitrolab nitroguruhga almashtirish re- aktsiyasi (suyuq fazali nitrolash): RH+HNO3 -> RNO2+ H2O Bunda R — alkil, tsikloalkil, aril- alkil. K.r. normal yoki yuqori bosim ostida amalga oshiriladi. Reaktsiya tezligi va nitrobirikmalar hosil bo’lishi t-raga, nitrat kislota kontsentrasiyasiga hamda boshlang’ich birikmaning tuzilishiga bog’liq. Agar almashinish assimmetrik uglerod atomida ro’y bersa, optik faol nitrobirikmalar hosil bo’ladi. Uchlam- chi uglerod atomidagi vodorod juda oson, ikkilamchi uglerod atomidagi vodorod qiyinroq, birlamchi uglerod atomidagi vodorod juda qiyin almashinadi. Tar- kibida uchlamchi uglerod atomi bo’lgan alisiklik uglevodorodlar 9-10%li, almashinganlari esa 20% li NHO3 b-n nitrolanadi. Yog’-aromatik uglevodorod- larni nitrolash jarayoni a — holatdagi yon zanjirda kechib, reaktsiya pirovar-Di- da, asosan, mononitrobirikmalar hosil bo’ladi. K.r. sanoatda nitroalkanlar va tsikloalkanlar olishda, shuningdek, lab. amaliyotida uglevodorodlarning tuzi- lishini aniqlashda qo’lla-niladi. Reak- tsiyani 1888 y.da M. I. Konovalov kashf etgan.