KONSEPSON
KONSEPSON — Chilining Markaziy qismidagi shahar. Bio-Bio viloyatining ma’muriy markazi. Temir yo’l tuguni. Tinch okean sohilidagi port. Aholisi 362,6 ming kishi (1997). Mamlakatning muhim transport-iqtisodiy markazi. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, to’qimachilik (ip gazlama, jun gazlama), oziq-ovqat (jumladan, un tortish, shakarqand, konserva) sanoatlari rivojlangan. Konsepson yaqinidan toshko’mir olinadi, metallurgiya zavodi qurilgan. Universitet bor. Shaharga 1550 yilda asos solingan. 1960 yilgi zilzilada vayron bo’lgan, keyinchalik qayta tiklangan.